Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sud Google monopoliyasini noqonuniy deb topdi

Sud Google monopoliyasini noqonuniy deb topdi

Foto: Reuters

Amerika sudi Google kompaniyasini internet-qidiruvni monopoliyaga aylantirgan va halol raqobatni buzgan, degan qarorga keldi.

Monopoliyaga oid ushbu katta ish bo‘yicha sud qarori — Google ona kompaniyasi Alphabet uchun jiddiy zarba, texnologiya kompaniyalarining biznes yuritishga yondashuvini o‘zgartirib yuborishi mumkin.

2020-yilda AQSh adliya vazirligi onlayn-qidiruv bozorining qariyb 90 foizini nazorat qilayotgan Google kompaniyasiga qarshi da’vo kiritgandi. Bu yirik IT-kompaniyalarga qarshi qo‘zg‘atilgan birinchi ish emas.

AQSh okrug sudi sudyasi Amit Mehta o‘z qarorini smartfonlar va brauzerlarda sukut bo‘yicha qidiruv tizimi bo‘lish uchun Google milliardlab dollarlar sarflagani bilan izohladi.

«Guvohlarning ko‘rsatmalari va dalillarni sinchiklab ko‘rib chiqib va taroziga qo‘yib, sud quyidagi xulosaga keldi: Google — monopoliyachi va o‘z monopoliyasini saqlab qolish uchun monopoliyachi kabi ish tutgan», — dedi sudya.

«Bu Amerika xalqining tarixiy g‘alabasi. Hech bir kompaniya — u qanchalik ulkan va ta’sirga ega bo‘lishidan qat’i nazar — qonundan ustun emas», — dedi AQSh bosh prokurori Merrik Garland.

Alphabet sud qarori yuzasidan apellyasiya bermoqchi, deyiladi Reuters xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring