Toshkent viloyatidagi qiymati 2,4 mln dollarlik korxonaga press-tur uyushtirildi (foto)
«Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki bugungi kunda o‘zining xorijiy kredit liniyalari orqali jalb qilingan mablag‘lari bilan iqtisodiyotning real sektori korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashga doir investitsiya loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadlariga qaratilgan investitsiya jarayonlarida faol ishtirok etib kelmoqda.
Bank tomonidan moliyalashtirilgan Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi «NEO OSIYO GRAND» MChJga bir guruh respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida press-tur tashkil etildi.
Press-tur davomida ishtirokchilar xo‘jalik mollari ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati bilan bevosita yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.
«NEO OSIYO GRAND» MChJ 2017-yilda o‘z mablag‘lari hisobidan tashkil etilgan, uning rahbari – Fazdiddin Jo‘rayev. Korxona faoliyatini kengaytirish, ishlab chiqarish quvvatini oshirish hamda xorijdan yangi asbob-uskunalar sotib olish maqsadida 2019 yilning may oyida «Mikrokreditbank» ATBdan kredit rasmiylashtirilgan. Korxonaning umumiy loyiha qiymati 2,4 mln AQSh dollarini tashkil qiladi. Shundan o‘z mablag‘lari 714 ming AQSh dollar, «Mikrokreditbanak» ATB krediti hisobidan 1,7mln AQSh dollar ajratilgan.
Xo‘jalik mollari ishlab chiqarish uchun asbob-uskuna va jihozlar Xitoydan xarid qilingan. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar mahalliy bozorga hamda Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston davlatlariga eksport qilinmoqda. Ishlab chiqarish quvvati (yillik) 2,5-3 mln AQSh dollarni tashkil qiladi. Ayni paytda korxonada 200dan ortiq yangi ishchi o‘rni yaratilgan. Korxona xo‘jalik mollari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan va ushbu maqsadda ishga tushirilgan kredit xisobidan olingan asbob-uskunalar bilan faoliyatini olib bormoqda.
Ma’lumot uchun, «Mikrokreditbank» ATB tomonidan 2020-yilda tadbirkorlik sub’yektlarining investitsion loyihalarini moliyalashtirish uchun 1 519,8 mlrd so‘m ekvivalentida mablag‘lar ajratildi. Shundan, milliyvalyutada 205,8 mlrd. so‘m miqdorida 71 ta loyiha, xorijiyvalyutada 75,4 mln. AQSh dollarimiqdorida 106 ta loyihava 40,0 mln. yevro miqdorida 44 ta loyiha moliyalashtirilgan. Joriy yilda ham bank tomonidan istiqbolli loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida ishlar olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter