Kuch ishlatuvchi tuzilmalar o‘rtasida ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazildi
21-may kuni Toshkentda O‘zbekiston Qurolli kuchlari va kuch ishlatuvchi tuzilmalarining vakillari, harbiy o‘quv muassasalarining kursantlari hamda sport havaskorlari va professional sportchilar ishtirokida «Men g‘olib» harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Ikki mingga yaqin ishtirokchilar erta tongda «Humo arena» sport majmuasining hududida, 3 km va 10 km masofalarga yugurish uchun to‘plandi. Kuch ishlatar tuzilmalarining xodimlari va harbiy o‘quv muassasalarining kursantlari bilan bir qatorda sport yugurish klublarining a’zolari va havaskor yuguruvchilar start yo‘lakchasidan joy olishdi.
Ushbu musobaqa Yengil atletika federatsiyasi, bosh hamkor – «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan, Mudofaa vazirligi, FVV, IIV, Davlat bojxona qo‘mitasi, Milliy gvardiya va Toshkent shahar hokimiyati ko‘magida tashkil etildi.
Marosimning ochilishida O‘zbekiston Triatlon federatsiyasining raisi Viktor Mahmudov ommaviy yugurish musobaqasining ishtirokchilariga o‘zining tabrik so‘zlarini yetkazdi.
Ta’kidlash joizki, «Men g‘olib» ommaviy yugurish musobaqasini o‘tkazishda ko‘zlangan eng muhim maqsadlaridan biri Qurolli kuchlar va kuch ishlatuvchi tuzilmalar orasida do‘stona sport aloqalarini rivojlantirish, kuch ishlatuvchi idoralarning vakillari orasida eng sportsevar va kuchli jamoalarni aniqlash hisoblanadi.
«Men g‘olib» jamoaviy musobaqasida g‘oliblikni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘lga kiritdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter