Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nodirbek Abdusattorov yirik «kambek»ni amalga oshirdi

Nodirbek Abdusattorov yirik «kambek»ni amalga oshirdi

«Tata Steel Chess-2024» turnirining oxirgi turida o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov murakkab vaziyatdan chiqib ketgan holda g‘alaba qozondi va 8,5 ochko bilan peshqadamlar safida tugatishga erishdi. 

Nodirbekdan tashqari yana 3 kishida 8,5 ochko bor. Bular: Anish Giri, Gukesh va Vei Yi.

4 nafar shaxmatchi chempionlik uchun tay-brekda tezkor shaxmatda kurashadi. Avval yarim finalda 2 ta juftlik, keyin esa final bo‘ladi. Yarim final juftliklari:

Nodirbek Abdusattorov — Vei Yi
Anish Giri — Gukesh

Tay-brek bahslari bugunning o‘zida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Abdusattorov Vidit Gujratiga qarshi dona surib, yutqazib qo‘ygandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring