Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Artel kompaniyasi BMT Global Shartnomasi doirasida o‘z faoliyati haqida batafsil ma’lum qildi

Artel kompaniyasi BMT Global Shartnomasi doirasida o‘z faoliyati haqida batafsil ma’lum qildi

Markaziy Osiyoda maishiy texnika va elektronika ishlab chiqarish borasida yetakchi hisoblangan «Artel Electronics» MChJ (Artel) BMT Global Shartnomasi doirasida olib borayotgan faoliyati to‘g‘risidagi dastlabki hisobotini e’lon qildi.

UN Global Compact (Birlashgan Millatlar Tashkilotining Global Shartnomasi) – ishbilarmonlar hamjamiyati tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, dunyo bo‘ylab barqaror rivojlanish sohasida yirik tashabbus hisoblanadi. Uning tarkibiga Microsoft, Electrolux, Panasonic va Nestle kabi kompaniyalar kiradi.

Artel kompaniyasi O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib dasturning to‘liq ishtirokchisi maqomini olgan.
Global shartnomaga qo‘shilish orqali Artel o‘z zimmasiga BMTning Global kelishuvining inson va mehnat huquqlari, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda korrupsiyaga qarshi kurash sohasida 10 ta tamoyilga rioya qilish, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanishning 17 ta maqsadini amalga tatbiq qilishda tashabbus ko‘rsatish majburiyatini olgan.

Mazkur tashabbus ishtirokchilari har yili yuqorida sanab o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z faoliyati va ESG (atrof-muhit, ijtimoiy siyosat va korporativ boshqaruv) standartlariga rioya qilish borasidagi yutuqlari to‘g‘risida hisobot beradilar. Artel hisobotida kompaniyaning 2022 yil noyabrigacha erishgan yutuqlari bayon qilingan.

Artel inson huquqlari va mehnat munosabatlarida xodimlarning ovoz berishi orqali amalga oshiriladigan tashabbuslarga alohida e’tibor qaratadi. «Rahbar va xodimlar uchrashuvi» muntazam ravishda o‘tkaziladi, shuningdek, xodimlarga rahbariyat bilan muloqot qilish, ularga muammolarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xabar berish imkonini beruvchi korporativ hisobot tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Korrupsiya holatlarini aniqlash va ularga qarshi kurashish bo‘yicha kompaniyaning sa’y-harakatlarini alohida ta’kidlash joiz. Ayni paytda kompaniyada me’yoriy hujjatlar va korporativ qoidalarga rioya etilishini ta’minlaydigan doimiy komplayens-xodim faoliyat yuritadi.

Kompaniyaning yana bir muhim loyihalaridan biri – bu «Ayollar rivojlanish markazi» bo‘lib, aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan mazkur onlayn-platforma nafaqat kompaniya xodimlari, balki barcha hamyurtlarimiz foydalanishi uchun ochiq taqdim etilmoqda.

Artel kompaniyasi shuningdek, UNFPA va UN Womentashkilotiga a’zo hisoblanadi. Gender tengligi tarafdori sifatida Artel, butun O‘zbekiston bo‘ylab #OrangeTheWorld kampaniyasini targ‘ib qilib, jamiyatda ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha bir qancha loyihalarda ishtirok etdi.

So‘nggi taqdim qilingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, kompaniyaning HP tashabbuslari, ayniqsa, samarali bo‘lgan. Xususan, 2022 yilda ish bilan ta’minlangan xotin-qizlar ulushi 5 foizga oshdi, kadrlar almashinuvi esa 10 foizga kamaydi.

Bugungi kunda Artel atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida tadqiqot va loyihalar ustida ishlamoqda, elektr energiyasi, gaz, suv sarfini kamaytiradigan hamda jarayon samaradorligini oshiruvchi texnologiyalarni joriy qilmoqda. Kompaniya, shuningdek, korxonalardan chiqayotgan chiqindilarni baholash va barqarorlik strategiyasini ishlab chiqish maqsadida xalqaro maslahatchilar bilan ishlamoqda. «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida Artel mamlakatimizning yashil muhitini kengaytirishga hissa qo‘shish maqsadida 4000 dan ortiq ko‘chat o‘tqazdi.

Kompaniya mavjud korporativ boshqaruv tizimini xalqaro standartlarga muvofiq tubdan qayta ko‘rib chiqdi. Kuzatuv kengashi joriy etildi, uning a’zolaridan biri mustaqil direktor — ilgari Samsung vitse-prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan janob Kim Ui Tak hisoblanadi. Shuningdek, Kuzatuv kengashi a’zolari orasidan eng muhim masalalarni ko‘rib chiqish va Kuzatuv kengashiga tavsiyalar tayyorlash uchun ikkita qo‘mita tuzildi.

Korporativ boshqaruv siyosatining ajralmas qismi bo‘lib qolgan ijtimoiy loyihalar qatorida bolalarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish, ichimlik suviga muxtoj hududlarni suv bilan ta’minlash va Jizzax viloyatida suv toshqinidan aziyat chekkan xonadonlarni to‘liq maishiy texnika vositalari bilan ta’minlash kabi tashabbuslarni amalga oshirdi.

UN Global Compact – Birlashgan Millatlar Tashkiloti Global Shartnomasining faol a’zosi sifatida Artel O‘zbekistonda xususiy sektor tomonidan «O‘zbekistonda barqaror biznesni rivojlantirishga ko‘maklashish» mavzusidagi birinchi forumning g‘oyaviy rag‘batlantiruvchisi va hamkor tashkilotchisi sifatida ishtirok etdi.

Artel kompaniyasi yuqorida asosiy «nuqtalari» sanab o‘tilgan jarayon qamrovini 2023 yilda yanada kengaytirib borish va BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi hissasini davom ettirishni maqsad qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring