Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Artel kompaniyalar Guruhi Yevropa bozoriga katta qadam qo‘ydi

Artel kompaniyalar Guruhi Yevropa bozoriga katta qadam qo‘ydi

O‘rta Osiyodagi eng yirik maishiy texnika va elektronika ishlab chiqaruvchisi — Artel kompaniyalar Guruhi oshxona plitalarining xavfsizligi Yevropa reglamentlariga mos kelishini tasdiqlandi.

2023 yil 17 noyabr kuni Artel oshxona plitalari ishlab chiqarish korxonasi Turkiyaning yetakchi sertifikatlashtirish organlaridan biri tomonidan SE (Conformitée Européenne) muvofiqlik sertifikati bilan taqdirlandi.

Mahalliy ishlab chiqaruvchining oshxona plitalari 2016/426 «Gazsimon yoqilg‘ida ishlaydigan uskunalar va jihozlar» 2016/426 GAR, 2014/35/EU Elektr xavfsizlik bo‘yicha Yevropa direktivalari, 2014/30/EU elektromagnit moslashuviga muvofiqlik sinovidan o‘tkazildi va mahsulotlarni muvofiqlik belgisi SE bilan yorliqlash huquqiga ega bo‘ldi.

Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sifati va xavfsizligi tan olinishiga erishish uchun kompaniya mutaxassislari ko‘p ishlarni amalga oshirdilar. Oshxona plitalari namunalari EN 30-1-1 va EN 30-2-1 Yevropa standartlari talablariga muvofiqligini tekshirish uchun Turkiyadagi INTEGRA96 laboratoriyasiga yuborildi. Mahsulot sinovlari muvaffaqiyatli yakunlanganidan so‘ng sertifikatlashtirish organi vakillari oshxona plitalari ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurdilar va ishlab chiqarish auditini o‘tkazdilar. Audit yakuni bo‘yicha kompaniyaga muvofiqlik sertifikati va mahsulotlarni muvofiqlik belgisi SE bilan yorliqlash huquqi berildi.

Shuni ta’kidlash kerakki, INTEGRA96 sertifikatlashtirish organi IAF (Xalqaro akkreditatsiya forumi) va ILAC (Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiyalash hamkorligi) xalqaro tashkilotlarining to‘liq a’zosi bo‘lgan Turkiyaning akkreditatsiya bo‘yicha TÜRKAK organi tomonidan akkreditatsiya qilingan. INTEGRA96 Yevropa Ittifoqi tomonidan gazsimon yoqilg‘ida ishlaydigan mahsulotlarning muvofiqligini baholash vakolatiga ega. INTEGRA96 sertifikatlari xalqaro miqyosda tan olingan.

Artel kompaniyalar Guruhi mahsulot sifatini va xalqaro maydonda raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha doimiy ish olib bormoqda. Bugungi kunda Artel brendi ostidagi mahsulotlar 20 dan ortiq eksport bozorlarida namoyish etilgan. Yevropa xavfsizlik talablariga muvofiqlik boshqa mamlakatlarga eksport qilish uchun yangi ufqlarni ochadi va bu O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring