Artel: Inverter konditsioner sotib olish uchun 5 sabab
Artel kompaniyasi vakillari CHILLACHI inverterli konditsionerlari va past kuchlanishda ishlashga qodir yangi Baraka modeli hamda ularning maishiy foydalanishdagi afzalliklari haqida gapirib berishdi.
Elektr tarmog‘ining haddan tashqari yuklanishi aholi o‘rtasida, ayniqsa, ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiladiganlar uchun keng tarqalgan muammodir. Bu mavsumiy ravishda, masalan, qo‘shimcha qurilmalarni ulash paytida yoki kunning ma’lum vaqtlarida, ko‘pchilik uyga qaytib, texnikani ishga tushirganlarida sodir bo‘lishi mumkin. Bularning barchasi tarmoqdagi kuchlanishning keskin o‘zgarishiga va maishiy texnikaning bosim bilan ishlashiga olib keladi.
Artel kompaniyasi CHILLACHI konditsionerlari va 2023 yilda ishlab chiqarilgan Baraka konditsionerining inverter kompressor texnologiyasiga ega qatori haqida gapirib, ushbu modellarni tanlashning ijobiy tomonlari bilan o‘rtoqlashdi.
1. 130V past kuchlanishda ishlash qobiliyati
Inverterli konditsioner — bu kompressor quvvatini boshqarish imkoniyatiga ega konditsioner. Oddiy qilib aytganda, bunday modellar belgilangan haroratga yetganda o‘chmasdan, past mo‘tadil quvvatga o‘tadi va haroratni doimiy darajada ushlab turadi. Oddiy konditsionerlar ma’lum haroratga yetganda o‘chishga moyil bo‘lib, shu bilan xona haroratini o‘zgartiradi.
Avtomatik sozlash tufayli inverter konditsionerlari odatdagidan kamroq elektr energiyasini iste’mol qiladi: Artelning ichki ma’lumotlariga ko‘ra, farq 41% ni tashkil qiladi. Bu elektr energiyasini tejashga va elektr tarmog‘idagi yukni kamaytirishga imkon beradi.
Artel konditsionerlari avtomatik rejimda to‘liq ishlashga qodir, bu O‘zbekistonning iqlim sharoitida juda muhimdir. Ya’ni, agar elektr tarmog‘i uzilib qayta yoqilsa, konditsioner avtomatik ravishda yoqiladi va quvvatni tiklashda oldindan belgilangan rejimni o‘zi qayta o‘rnatadi. Bundan tashqari, modellar 250V dan 130V gacha bo‘lgan tarmoqdagi kuchlanish pasayganda barqaror ishlashi mumkin.
2. Wi-Fi orqali masofaviy boshqaruv
Artel Baraka inverter modellarida ham, Artel CHILLACHI modellarida bo‘lgani kabi, Wi-Fi funksiyasi mavjud bo‘lib, uning yordamida siz maxsus AC Smart yoki AC Freedom ilovasi orqali konditsionerni masofadan turib boshqarishingiz mumkin. Ishda yoki sayohatda bo‘lsa ham foydalanuvchi qulay sharoitda dam olish uchun uyning qulay haroratini sozlashi mumkin.
3. Turbo Cooling tizimi
Inverterli konditsioner kompressor quvvatini boshqarish yaxshilanganligi sababli xonani kerakli haroratgacha tezda sovitishga yoki isitishga qodir. Artelning 2023 yilgi yangi modellarida siz havoning kuchi va yo‘nalishini mustaqil ravishda sozlashingiz mumkin, buning natijasida xonada har qanday vaziyatda qulay sharoit bo‘ladi.
Bundan tashqari, Artel konditsionerlari Turbo Cooling tizimiga ega. Uning yordamida konditsioner xonani tezlashtirilgan rejimda sovbtishga qodir. Bu uyda uzoq vaqt bo‘lmaganingizdan so‘ng, qulay haroratni tezda sozlashingiz lozim bo‘lganda qulay. Artel konditsionerlari atrof-muhitning maksimal 52°C haroratida ishlashga qodir, ya’ni modellar O‘zbekistonning iqlim sharoitiga to‘liq moslashtirilgan.
4. Past shovqin darajasi
Artelning inverterli konditsioner modellari shovqinsiz, bir maromda ishlaydi, chunki kompressorning aylanish tezligi standart yukka ega emas, balki avtomatik ravishda o‘rnatiladi, bu ham ishlab chiqarilgan shovqin darajasiga ta’sir qiladi. Artel inverter konditsionerlarining shovqin darajasi -40 db atrofida.
* - Nominal ish sharoitida.
5. Uch yil to‘liq bepul kafolat
Inverter tizimi kompressorning ishlash jarayoniga bevosita ta’sir qiladi. Quvvatni boshqarish keraksiz ortiqcha yuklardan xalos qiladi, bu esa qurilmaning ishlash muddatini uzaytiradi. Shu bilan birga, barcha Artel konditsionerlari uch yillik to‘liq bepul kafolat muddati bilan ta’minlanadi.
Konditsionerlarning yangi modellari bilan kompaniya shourumida yoki ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
Yagona ma’lumot markazi: (+998) 78−148−88−88
Sayt: artelgroup.org, artelelectronics.com
Instagram:@artel_official, @artel_matbuot_xizmati
Reklama huquqi asosida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter