Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fitch Ratings Artel kompaniyasing «B» darajasidagi kredit reytingini «ijobiy»ga ko‘tardi

Fitch Ratings Artel kompaniyasing «B» darajasidagi kredit reytingini «ijobiy»ga ko‘tardi

Bugun, 4 iyul kuni «Fitch Ratings» xalqaro reyting agentligi Artel Electronics MChJning «B» darajasidagi kredit reytingini «ijobiy»ga ko‘tardi. Bu haqda Fitch Ratings kredit agentligi rasmiy sahifasida e’lon qildi.

Artel 2021 yilda «B» xalqaro kredit reytingini olgan O‘zbekistondagi birinchi xususiy ishlab chiqarish kompaniyasi hisoblanib, 2022 yilda ham ushbu darajasini muvaffaqiyatli tasdiqlagan.
Fitch Ratings Artel kompaniyasida moliyaviy o‘sish kuzatilganligi bois, uning reytingdagi o‘rnini qayta ko‘rib chiqdi va «ijobiy» deb baholadi. Ta’kidlash joizki, joriy yilda kompaniyaning eksport geografiyasi sezilarli darajada kengaydi. 2022 yilda eksport ulushi jami tushumning 26 foizini tashkil etdi. Taqqoslash uchun, 2019 yilda huddi shu ko‘rsatkich umumiy daromadning 14 foizini tashkil qilgan.

Shuningdek, Fitch Ratings kompaniyaning barqaror menedjment strategiyasi bilan birga korporativ boshqaruv sohasidagi uzluksiz rivojlanishini ham alohida qayd etdi. Agentlikning prognozlariga ko‘ra, joriy yil oxirigacha eksport tushumlarining o‘sish sur’ati 31 foizga yetishi mumkin. Kredit reytingini ko‘rib chiqish va yaxshilash chog‘ida agentlik Artel’ning bozordagi mustahkam o‘rni bilan bir qatorda, Samsung hamda Shivaki kabi yetakchi jahon brendlari o‘rtasidagi uzoq muddatli muvaffaqiyatli hamkorligini ham hisobga oldi.

Fitch Ratings — xalqaro agentlik bo‘lib, davlatlar, banklar va kompaniyalarning kreditga layoqatliligini mustaqil baholab, tahliliy va tegishli ma’lumotlarni taqdim etadi. Ta’kidlash joizki, Fitch Ratings «Katta uchlik»ka kiruvchi xalqaro reyting agentliklaridan biri bo‘lib, uning reytinglari moliyaviy maydonda nufuzlilardan hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring