Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mobiuz «MazzaFest»da yangi «Mazza» va «Mazza 2.0» tarif rejalarini taqdim etadi

Mobiuz «MazzaFest»da yangi «Mazza» va «Mazza 2.0» tarif rejalarini taqdim etadi

9-11 may kunlari Toshkentda bahorning eng yorqin tadbirlaridan biri – MAZZA FOOD & MUSIC FEST 2025 bo‘lib o‘tadi (ishtirok etish uchun promo-kod quyida keltirilgan).

Bu festivalda gastronomiya musiqa, texnologiyalar va jonli taassurotlar bilan uchrashadi. Asosiy ishtirokchilar orasida Mobiuz mobil aloqa operatori ham bor. Kompaniya bu yerda o‘zining “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalari, turli xil xizmatlar va yutuqli o‘yinlarini ham taqdim etadi.

Erkinlik, energiya va qulaylik ruhida yaratilgan “Mazza” tarif rejalari onlayn yashaydigan zamonaviy auditoriya ehtiyojlarini qondira oladi.

  • “Mazza” 100 GB* mobil internet, 3 900 daqiqa va 3 900 ta SMSni atigi 39 ming so‘mga o‘z ichiga olgan. Tarif allaqachon Mobiuz abonentlari orasida haqiqiy xitga aylanib ulgurdi va yangi yuraklarni zabt etishda davom etmoqda.
  • “Mazza 2.0” – bu kengaytirilgan imkoniyatlarga ega tarif. Atigi 59 000 so‘m evaziga abonentlar 150 GB** mobil internet, 5 900 daqiqa va SMS, shuningdek, “MobiMusic” xizmatidan cheksiz foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Festival tarif rejalarini ulash uchun qulay maydondir: bu yerdagi o‘nlab ovqatlanish joylari, jonli konsertlar va fotozonalar orasida har bir tashrif buyuruvchi Mobiuz aloqa afzalliklarini sinab ko‘rishi mumkin. Barqaror internet, yangi raqamli xizmatlar, chiroyli raqamlar – bularning barchasi bilan festivalda tanishib chiqish mumkin. Operatorning brend zonasida mehmonlarni sovg‘alar, ilovalar namoyishi va haqiqiy raqamli erkinlik muhiti kutmoqda.

Mobiuzning bunday tashabbuslardagi ishtiroki korporativ falsafaning davomi hisoblanadi. Zero operator texnologiyalar orqali odamlarni birlashtirish, o‘sishga ilhomlantirish va raqamli yechimlarni hamma uchun ochiq qilishni maqsad qilgan. Kompaniya aniq biladiki, tariflar imkoniyatlarni cheklamasligi, balki kengaytirishi kerak. Aynan shuning uchun «Mazza» qog‘ozda emas, balki abonentlar bilan muloqotda yaratilgan.

Mobiuz mijozlarni yangi takliflar, xizmatlar va jonli uchrashuvlar bilan xursand qilishda davom etadi. Hozircha esa – yanada kattaroq imkoniyatlar eshiklarini ochadigan «MazzaFest»ga xush kelibsiz!

Ishtirok etish uchun chiptalarni iticket.uz saytida xarid qilish mumkin. 3 kunlik abonementni xarid qilganingizda Mazza2025 maxsus promokodidan foydalaning hamda 50 000 so‘m chegirmaga ega bo‘ling!

O‘tkazilish joyi: "O‘zEkspoMarkaz" MKM maydonchasi (A.Temur shoh ko‘chasi, 107ye).

*«Mazza» tarifida 50 GBdan tunu-kun, 50 GBdan tungi 00:00 dan ertalabki 8:00 gacha foydalanish mumkin.

**«Mazza 2.0» tarifida 50 GBdan tunu-kun, 100 GBdan esa 21:00 dan 8:00 gacha foydalanish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring