Uch nafar sudya lavozimidan ozod etildi
Ikki nafar sudya salomatliklari tufayli yozma arizalariga binoan, yana biri Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzganligi uchun vakolatidan mahrum etildi.
Sudyalar oliy kengashi qarori bilan Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘rtachirchiq tumanlararo sudining sudyasi Xoljigitov Sherzod Mirzaliyevich va Xorazm viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining sudyasi Matniyazov Jamol Zaxirovich salomatliklari tufayli yozma arizalariga binoan lavozimlaridan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.
Shuningdek, Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzganligi uchun Ibodov Avazjon Niyozovichning sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter