Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uch nafar sudya lavozimidan ozod etildi

Uch nafar sudya lavozimidan ozod etildi

Foto: «Xabar.uz»

Ikki nafar sudya salomatliklari tufayli yozma arizalariga binoan, yana biri Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzganligi uchun vakolatidan mahrum etildi.

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘rtachirchiq tumanlararo sudining sudyasi Xoljigitov Sherzod Mirzaliyevich va Xorazm viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining sudyasi  Matniyazov Jamol Zaxirovich  salomatliklari tufayli yozma arizalariga binoan lavozimlaridan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.

Shuningdek,  Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzganligi uchun Ibodov Avazjon Niyozovichning sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring