Sirg‘ali tuman sudi sudyasi qo‘lga olindi
Sudyalar oliy kengashi Sirg‘ali tuman sudi sudyasi Sh. A.ni javobgarlikka tortishga rozilik bildirildi.
Qayd etilishicha, kengash yig‘ilishi doirasida Bosh prokurorning Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sirg‘ali tuman sudi sudyasi Sh. A.ni Jinoyat kodeksining 168- , 28/211-moddalarining tegishli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilingan.
«Yakunda Kengash xulosasi bilan Sh. A.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik bildirildi va uning sudyalik vakolati to‘xtatildi.
Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi», deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirg‘ali tuman sudining sobiq sudyasi qo‘lga olingani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter