Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirg‘ali tuman sudi sudyasi qo‘lga olindi

Sirg‘ali tuman sudi sudyasi qo‘lga olindi

Foto: «Xabar.uz»

Sudyalar oliy kengashi Sirg‘ali tuman sudi sudyasi Sh. A.ni javobgarlikka tortishga rozilik bildirildi.

Qayd etilishicha, kengash  yig‘ilishi doirasida  Bosh prokurorning Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sirg‘ali tuman sudi sudyasi Sh. A.ni Jinoyat kodeksining 168- , 28/211-moddalarining tegishli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilingan.

«Yakunda Kengash xulosasi bilan Sh. A.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik bildirildi va uning sudyalik vakolati to‘xtatildi.

Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirg‘ali  tuman sudining sobiq sudyasi qo‘lga olingani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring