Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indoneziyada sudyalar ish tashlash e’lon qildi

Indoneziyada sudyalar ish tashlash e’lon qildi

Illyustrativ foto

Indoneziyada sud xizmatchilari ish tashlash e’lon qilib, 7-oktyabrdan 11-oktyabrga qadar ta’tilga chiqib ketishdi.

Voqea yuzasidan mamlakatning saylangan prezidenti Prabovo Subianto bayonot qilib, lavozimida ish boshlashi bilan sudyalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va moddiy rag‘batlantirish choralarini qayta ko‘rib chiqishga va’da berdi, bu haqda Media Indonesia nashri yozmoqda.

Sud hamjamiyati vakillarining aytishicha, zamonaviy Indoneziyada sudyalar oqlab bo‘lmas darajada ijtimoiy past maqomga ega va mehnati uchun ularga kam haq to‘lanmoqda. Ta’kidlanishicha, 12 yildan buyon sudyalarning maoshlari oshirilgan emas, agar o‘tgan asrning 90-yillarida ularning maoshi kichik sud xodiminikidan ikki baravar yuqori bo‘lgan bo‘lsa, hozir ish haqlari tenglashgan.

«Sudyalarning turmush farovonligi sifati yaxshilanishi tarafdoriman, sudyalar juda mustaqil va o‘z vazifalarini imkon qadar yaxshi bajarishlari shart», — dedi sudyalar o‘rtasida korrupsiya darajasi bevosita ularning daromadi va mavqeiga bog‘liqligini ta’kidlagan Prabovo Subianto.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring