Toshkentda «Bitcoin» savdosi orqali 3 mln. dollar «aylantirgan» shaxs ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlandi, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Qayd etilishicha, u 2019–2020-yillarda internet tarmog‘idagi Telegram kanalida fuqarolarga 3 mln. AQSh dollari miqdoridagi kriptoaktivlar ko‘rinishidagi mablag‘larni ayirboshlash orqali xorijiy davlatlar fuqarolari bilan chet el valyutasini o‘tkazib kelgani, «Bitcoin» oldi-sotdisi bilan litsenziyasiz shug‘ullanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) va 190-moddasi (Faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter