Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tez yordam» xodimi qo‘lga olindi

«Tez yordam» xodimi qo‘lga olindi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkentda bemorga jinsiy tegajoqlik qilganlikda gumonlangan «Tez yordam» xodimi hibsga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot kotibi Nilufar Isoxonova ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, «Tez yordam» xodimiga nisbatan Olmazor tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 119-moddasi 1-qismi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan jinoyat ishi ochilgan.

Gumon qilinuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Holatga Sog‘liqni saqlash vazirligi ham munosabat bildirdi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda tez tibbiy yordam xizmati xodimining chaqiruv manzilida bemorga nomaqbul xatti-harakatlar qilgani aytilayotgan xabarlar tarqaldi.

Ayni paytda mazkur holat bo‘yicha vazirlik ishchi guruhi tomonidan o‘rganish olib borilmoqda. Uning natijalari yuzasidan batafsil xabar beriladi.

Vaziyatga aniqlik kiritilmaguncha jamoatchilik vakillaridan masalani turlicha talqin qilmasliklarini so‘raymiz», - deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring