Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalistning «mazasini qochirmoqchi» bo‘lgan shaxs qamaldi

Jurnalistning «mazasini qochirmoqchi» bo‘lgan shaxs qamaldi

Videodan lavha

Ijtimoiy tarmoqlarda MY-5 telekanali jurnalisti Nozimjon Teshayevni noma’lum shaxs haqorat qilgani aks etgan video tarqaldi.

Jurnalist Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek tumanida aholi murojaatini o‘rganayotgan paytda qarshilikka uchragan.

Bugun, 5 iyun kuni ochiq sud majlisida M. Ya. (1993 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan) ga oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining 2023 yil 5 iyundagi qaroriga ko‘ra M. Ya. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Ushbu qarordan norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining apellyasiya instansiyasiga shikoyat berish va protest bildirishga haqliligi ma’lum qilinadi, deyiladi rasmiy xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring