Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Go‘sht ortidagi firibgarlik

Go‘sht ortidagi firibgarlik

Foto: «Minsk.market-fmcg.ru»

12-sentyabr kuni 23 yoshli X.M. Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani IIBga ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabar berdi.

Arizaga ko‘ra joriy yilning iyun-iyul oylarida tanishi 31 yoshli F.E. undan 12 bosh qoramolni go‘sht hisobida jami 135 mln so‘mga baholagan. Pulini 2020-yil iyul oyi oxiriga qadar berishga va’da bergan. Biroq kelishilgan pulni hozirga qadar bermasdan kelayotganligi ma’lum bo‘ldi. Arizachi unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan F.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Yetkazilgan moddiy zararni qoplash choralari ko‘rilmoqda.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring