Ehson qutisini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxs do‘kon yoniga o‘rnatilgan xayriya qutisini o‘g‘irlayotgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Joriy yilning 2 fevral kuni soat taxminan 00.47 larda 20 yoshli Yoqub ismli shaxs Olmazor tumani Qo‘shtut mahallasida joylashgan do‘kon yonida o‘rnatilgan ehson qutisini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi («O‘g‘irlik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida ushbu shaxs aniqlanib, qo‘lga olingan. Tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter