Toshkentda yosh ayolning yuzi va tanasiga lezviya tortgan shaxs ushlandi

Toshkent shahri, Yangihayot tumanida yollanma jinoyatda gumonlanayotgan shaxs ushlandi.
U 23 yashar ayolning izidan poylab yurib liftda ayolning yuzi va badanlariga lezviya tortgan.
Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, u dugonasi bilan uchrashib qaytayotgan mahalda, noma’lum shaxslar uni kuzatib kelishgan. Gumonlanuvchi qizga liftda jarohat yetkazgan va qochib ketgan.
Gumonlanuvchi 2000-yilda Shayhontohur tumanida tug‘ilgan yigit bo‘lib chiqdi. U avval jabrlanuvchi tomonidan haqorat qilinganini iddao qilgan.
Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter