Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yakkabog‘dagi YTHni avtobloger Maqsud Muzaffarov bilan bog‘lash noo‘rin — IIV

Yakkabog‘dagi YTHni avtobloger Maqsud Muzaffarov bilan bog‘lash noo‘rin — IIV

Ijtimoiy tarmoqlarda yakkabog‘lik avtobloger Maqsud Muzaffarovning avtomobilini boshqargan uning yaqin do‘sti yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan mast fuqaroni urib yuborgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 17-noyabr kuni soat 18:40 larda, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani Ayg‘irkul mahallasi hududidan o‘tuvchi 4K-347a avtomobil yo‘lida harakatlanib ketayotgan fuqaro Sh.M. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli d\r 70/U102UA transport vositasi piyodalar o‘tishi uchun belgilanmagan joydan yo‘lni qatnov qismini kesib o‘tayotgan fuqaro O.L.ni urib yuborib YTH sodir etgan.

Jabrlanuvchi O.L. «Bosh miya chayqalishi, boldir suyagini yopiq sinib siljishi» tashxisi bilan tuman kasalxonasiga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan Yakkabog‘ tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Ichki ishlar vazirining matbuot kotibining ta’kidlashicha, mazkur yo‘l transport hodisasini jamoatchilik faoli Maqsud Muzaffarov bilan bog‘liq emas.

 

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring