Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ustyurtda 11 bosh jayronni o‘ldirgan ovchilar ushlandi

Ustyurtda 11 bosh jayronni o‘ldirgan ovchilar ushlandi

Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasi va «Janubiy Ustyurt» milliy tabiat bog‘ining davlat inspektorlari, Qo‘ng‘irot tumani Ichki ishlar bo‘limi, Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda ekologik jinoyatlar va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida 11 bosh jayron ovlagan fuqarolar ushlandi.

Bu haqda «Janubiy Ustyurt» milliy tabiat bog‘i axborot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan sut emizuvchilar toifasiga kiruvchi 11 bosh jayronni Ustyurt tekisligidan noqonuniy ravishda ovlaganlar Qo‘ng‘irot tumani «Jasliq» shaharcha fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi T.B. va B.R. ekanligi aniqlandi hamda ulardan 11 juft shox ashyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tergov-surishtiruv ishlarni olib borish uchun Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga o‘tkazildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring