Qirg‘ovul otgan shaxs ovchilar safidan chetlashtiriladi
Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi «Sirdaryo suv xavzasi sho‘basi» davlat inspektorlari Toshkent viloyati hududida nazorat tadbirlarini o‘tkazdi. Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonun talablariga rioya etgan holda joriy yilning 1 yanvaridan Toshkent viloyatida yovvoyi hayvonlar va qushlar uchun ov mavsumi yakunlangan.
Shunga qaramay, mazkur ekologik nazorat tadbirida fuqaro J.X. tomonidan ov qilish ta’qiqlangan vaqtda noqonuniy tarzda 2 dona qirg‘ovul ovlaganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, MJtKning 90-moddasi 4-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzarga sud tomonidan tegishli tartibda chora ko‘riladi. Shuningdek, uning hayvonot dunyosiga yetkazgan zarar summasi hisoblab chiqildi va jarima chorasi qo‘llanildi.
Ovchining huquqbuzarligi uchun berilgan jazo bu bilan cheklanmadi. Uning ov quroli Chinoz tumani ichki ishlar bo‘limiga sudning yakuniy qaroriga qadar vaqtincha topshirildi. Davlat inspektorlari Toshkent ovchilar va baliqchilar jamiyatiga mazkur holat bo‘yicha tegishli tartibda xat chiqarib, bunday holatda ovchi J.X. ov taqiqlanganiga rioya qilmagani uchun 3 yildan 5 yilgacha ovchilar safidan chetlashtiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter