Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ulfatlarning yarim tundagi sarguzashtlari» xayrli tugamadi

«Ulfatlarning yarim tundagi sarguzashtlari» xayrli tugamadi

Buxoro shahrida yashovchi fuqarolar R.R. hamda A.Z. tungi soat 22:00larda kafelardan biridan ulfatchilikdan chiqib, cho‘ntaklari bo‘shab qolganii payqashgan. Ular shaharning «Bog‘idasht» mahallasidagi ko‘chasi yo‘l yoqasida joylashgan savdo do‘konlaridan birini «urish» rejasini tuzishgan.

Ko‘cha-ko‘yda odam yo‘qligi, tungi yoritgichlarning ham to‘liq o‘chirilgani ularga qo‘l kelgan.

Ikki ulfat boshqa bir fuqaroga tegishli telefon, noutbuk va boshqa texnik jihozlarni sotishga mo‘ljallangan «Sp phone» nomli savdo do‘koni kirish eshigini buzishgan. Va savdo do‘koni rastalarida bo‘lgan texnik jihozlar va kassada mavjud bo‘lgan pullarni o‘marib, jabrlanuvchiga jami 20.750.000 so‘mli moddiy zarar yetkazishgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tunda olib borilgan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida tongga yaqin ushbu jinoyatni sodir qilgan har ikki shaxs – 52 yoshli R.R. hamda 42 yoshli A.Z. lar qo‘lga olingan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring