Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyadagi avtohalokatda yetti inson halok bo‘ldi

Turkiyadagi avtohalokatda yetti inson halok bo‘ldi

Turkiyaning Izmir viloyatida fojiali YTH sodir bo‘ldi.  «Sinxua» axborot agentligi mahalliy OAV ma’lumotlariga asoslanib xabar tarqatishicha, Buja tumanidagi Kaynaklar aholi maskani hududida ikkita furgon to‘qnashib ketgan.

«IHA» portali ma’lumotiga ko‘ra, oilasini dam olishga olib ketayotgan haydovchi mashina boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Ro‘paradan kelayotgan avtomobil bilan to‘qnashuv oqibatida uning mashinasida ketayotganlardan hech bir inson omon qolmagan. Jami yetti nafar inson halok bo‘lgan, ular orasida to‘rt nafar bola, jumladan, bir nafar go‘dak bor.

Ikkinchi mashinaning jarohat olgan  haydovchisi kasalxona yotqizilgan.

Voqea joyida ekspertlar ishlamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring