Toshkentda katta leytenant N.Bobomurotov xizmat vaqtida halok bo‘ldi
Joriy yilning 30 noyabr kuni soat 00.50 larda Toshkent shahar Olmazor tumani IIO Faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi profilaktika inspektori katta leytenant N.Bobomurotov, tumanning «G‘alaba» mahallasiga tezkor chaqiruv bo‘yicha yetib borib, xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida, muqaddam sudlangan, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro B.Z. xodimning hayotiga tajovuz qilib, voqea joyidan yashiringan.
N.Bobomurotov voqea joyida vafot etgan. Xodimning hayotiga tajovuz qilishda gumonlanayotgan shaxsni qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda.
Holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi («Qasddan odam o‘ldirish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Voqea tafsilotlari to‘liq o‘rganilgandan so‘ng, jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot beriladi, deyiladi Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter