«Tez yordam» mashinasi bilan «Nexia» to‘qnashuvi fojiaga sabab bo‘ldi
Joriy yilning 4-avgust kuni soat 13:00 larda Toshkent shahar Chilonzor tumani I.Karimov va Olmazor ko‘chalari kesishgan chorrahada 1979-yilda tug‘ilgan haydovchi B.Sh. boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomobil hamda 1974-yilda tug‘ilgan haydovchi A.R. boshqaruvidagi «Ford» rusumli tez tibbiy yordam avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Natijada, «Ford» rusumli tez tibbiy yordam avtomobili yo‘lovchisi shifoxonada vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlari so‘raladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter