Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shirkat rahbarining «qora ishlari» oshkor bo‘ldi

Shirkat rahbarining «qora ishlari» oshkor bo‘ldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruvda o‘tkazilgan.

Unda «M.A.» uy-joy mulkdorlari shirkati sobiq rahbari O.D. ushbu shirkatga biriktirilgan ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholidan majburiy badal uchun undirilgan 101,1 mln so‘m naqd pullarni hamda ijaraga berilgan ko‘p qavatli uylar yerto‘lasi uchun to‘lov qilingan 217 mln so‘mni kirim qilmasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring