«Ko‘cha»da dollar sotayotganlar ushlanmoqda
Andijonda valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda Andijon shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan I.R. va boshqalar fuqaro G‘.A.ga jami 10 000 AQSh dollarini 124,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter