Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘riqxonadagi yong‘in haqida rasmiy xabar berildi

Qo‘riqxonadagi yong‘in haqida rasmiy xabar berildi

Foto: «Mkivanovo.ru», illyustrativ foto

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tarkibidagi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasining dengiz sathidan 1500-1700 metr balandlikdagi Teraklisoy hududida anomal ob-havo ta’sirida yong‘in chiqqan. Bu haqda shu atrofda xizmat o‘tayotgan qo‘riqxona inspektorlari 2021-yil 5-iyul kuni o‘zlaridagi mavjud aloqa vositalari orqali xabar berishdi.

Yong‘in hududi kengayib ketishining oldini olish va uni butunlay o‘chirish, qolaversa, yurish va harakatlanish qiyin bo‘lgan tog‘ning yuqori qismida o‘t chiqishining sabablarini aniqlash maqsadida shu kunning o‘zida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliya gvardiya va Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan qo‘shma tadbir o‘tkazildi.

Qariyb bir gektarni egallagan yong‘inda asosan qurigan o‘t-o‘lanlar yongan, ko‘p yillik daraxtlarga zarar yetishining oldi olingan. 2021-yilning 6-iyul holatiga yong‘in to‘liq o‘chirilib, qo‘shma tadbirda qatnashganlar orasida jarohatlanish qayd etilmadi, deb yozadi Davlat ekologiya qo‘mitasi Matbuot xizmati.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring