Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘iston prokuraturasi Nukusda uy tomlarining shamoldan uchib ketishi holatini o‘rganmoqda

Qoraqalpog‘iston prokuraturasi Nukusda uy tomlarining shamoldan uchib ketishi holatini o‘rganmoqda

Foto: «O‘zA»

O‘tgan hafta Qoraqalpog‘istonda kuchli shamol zarar yetkazgan 34 ta uy tomining 20 tasi profnastildan tayyorlangan, deya xabar qildi Qoraqalpog‘iston Turar joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga tayanib «Gazeta.uz». Qolgan 14 ta uyning tomi esa asbest sementli shiferlar bilan yopilgan.

10 ta uyning tomi to‘liq uchirib yuborilgan, ularning 8 tasi — profnastildan, 2 tasi esa shiferdan. Qolgan uylarning tomlari 10−80 foiz shikastlangan (batafsil statistika).

Zarar ko‘rgan uylarning katta qismi — 8 ta uyda 2018-yilda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilgan (2013-yilda — 5 ta uy, 2017-yilda — 4, 2014, 2015 va 2019-yillarda — 3 tadan, 2016-yilda — 2).

Qurilish va ta’mirlash ishlarini «Ta’mirlash-tiklash xizmatlari» DUK (2 ta uy), Azat Invest Story (2), Jayxun Universal Qurulis (2), Qutlimurat Qurilis (2), Nukus Temir Beton (1), Azizbek Nukus (1), Sabina Sayora Kommunal Servis (1), Nukus Guldarxal (1), Qaraqalpaq Awil Jay Qurilis Onlaw (1), Kegeyli Qurilis Montaj (3) va Prima Nukus (1) kompaniyalari olib borgan.

14-iyun kuni 20:32 dan 20:38 gacha Nukusda va Qoraqalpog‘istonning boshqa tumanlarida kuchli shamol qayd etilib, uning tezligi 18−23 m/s gacha bordi. Nukusda shamol 27 ta, Xo‘jayli tumanida — 2 ta, Shumanayda — 4 ta va Tashiatosh tumanida — 1 ta uyning tomiga shikast yetkazdi.

Asosan yangi qurilgan uylarning tomlari binodan qo‘porilib, odamlar hayotiga xavf tug‘dirgan holda pastga qulagan. O‘tib ketayotgan va qo‘yib ketilgan avtomobillar, ko‘p yillik daraxtlarga zarar yetkazgan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasining nashrga xabar qilishicha, Qoraqalpog‘iston prokuraturasi vaziyatni o‘rganmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring