Olmazorda beton to‘siqqa urilgan avtomashina haydovchisi vafot etdi
Olmazor tumanida beton to‘siqqa urilgan avtomashina haydovchisi olamdan o‘tdi. Bu haqda IIBB axborot xizmati ma’lum qildi.
Toshkent shahri, Olmazor tumanida 31 yanvar kuni soat 03.45da «102» tizimidan tushgan xabarga ko‘ra, shu kuni soat 02.20larda Muxbir ko‘chasida haydovchi — 1998 y.t, U.F. «Neksiya-3» rusumli avtoulovini boshqarib ketayotib, yo‘l chetidagi beton ustunga urilgan.
Natijada avtoulov haydovchisi U.F. olingan tan jaroxatlari natijasida TTA-2 klinikasiga olib borilganida vafot etgan.
Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, — deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter