Toshkentning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

Bugun, 11 iyun kuni poytaxtning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalaridagi ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq.
Elektr ta’minoti o‘chiriladigan manzillar:
- Mirzo Ulug‘bek tumani: «Avayxon» va «Sayram» MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
- Olmazor tumani: «Oltinsoy», «Islom ota», «Qichqiriq», «Istiqbol», «G‘alaba», «Tabassum», «Bo‘stonobod», «Shodiyona», «Yangi Toshkent», «Moyariq», «Ahil» hamda «Elparvar» MFYlarining ayrim hududlarida soat 08:00 dan 17:00 gacha.
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MChJ yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter