«Suv ta’minoti» xodimi tuproq bosib qolishi oqibatida vafot etdi
Kecha, 8-fevral kuni «Suv ta’minoti» xodimlari, aholining murojaatidan so‘ng, Toshkent shahrining Olmazor tumani «Universitet» mahallasi hududida yorilgan 600 millimetrli quvurni ta’mirlash uchun kelishgan. Ish jarayonida «Suv ta’minoti»da chilangar bo‘lib ishlagan T.K. (1984-y.t.) tuproq bosib qolishi oqibatida vafot etgan.
Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, baxtsiz hodisa yuzasidan Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter