Bugun Toshkentning ayrim katta ko‘chalari vaqtincha yopildi
Bugun, 4 iyun kuni Toshkent shahrida bir nechta katta ko‘chalar yopildi. Shahar hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 3 iyun Butunjahon velosiped kuni munosabati bilan velomarafon o‘tkaziladi. Bugungi velomarafon soat 8:00 dan 11:00 gacha bo‘lishi rejalashtirilgan.
Quyidagi ko‘chalar vaqticha yopiladi:
– Abay ko‘chasi Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan kesishmasidan Alisher Navoiy ko‘chasi kesishmasigacha;
– Olmazor ko‘chasi Alisher Navoiy ko‘chasi bilan kesishmasidan «O‘zbekiston» metro bekatigacha;
– Afrosiyob ko‘chasi «O‘zbekiston» metro bekatidan Nukus ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
– Nukus ko‘chasi Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishmasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasi kesishmasigacha;
– Abdulla Qodiriy ko‘chasi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi bilan kesishmasidan Abay ko‘chasi kesishmasigacha.
Mutasaddilar keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter