Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmaliqda jabrlangan xorijlik ishchilarning ahvoli haqida ma’lumot berildi

Olmaliqda jabrlangan xorijlik ishchilarning ahvoli haqida ma’lumot berildi

Joriy yilning 20 fevral kuni jabrlangan  hindistonlik ishchi-xodimlarning 27 nafariga zudlik bilan tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish ishlari tashkil etilgan, deb xabar bermoqda «Olmaliq KMK».

To‘rt nafar jabrlanganga Ohangaron tumani shoshilinch tibbiy markazida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etilib, tez yordam ko‘rsatildi va ahvollari yaxshi bo‘lgani uchun shifoxonadan javob berildi.

23 nafar jabrlanganlarga Olmaliq shahar shoshilinch tibbiy markazida tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish ishlari tashkil etilgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Ixtisoslashtirilgan shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi shifokorlari yordamida  bemorlarning 6 nafarida jarrohlik operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazilgan. Bugungi kunda 6 nafar jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan bemorlar Respublika Ixtisoslashtirilgan shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida muolajalarni davom ettiryapti.

Shuningdek, qolgan 17 nafar jabrlanuvchilarga Olmaliq shahar shoshilinch tibbiy markazda tibbiy yordam ko‘rsatilyapti, ahvollari o‘rta va yengil holatda, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, jabrlanganlarning barchasiga alohida shifokor biriktirilgan, sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Hindistonlik ishchi-xodimlar uchun tezkor tibbiy yordam tashkil etish ishlariga Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ilmiy markaz rahbarlari jalb etilgan.

Avvalroq holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring