Suvga to‘lgan metro, elektr o‘chishi: poytaxt hokimligi aholini jiddiy ogohlantirdi

Bugun poytaxt Toshkentda noqulay ob-havo sharoiti kuzatilmoqda. Kuchli yog‘in sabab yomg‘ir suvlari hatto metro bekatlarigacha toshib kirgani tasvirlari tarqaldi.
Shaharning ko‘chalarida suv toshishi hodisalari kuzatilmoqda.
Poytaxt hokimligi sal avvalroq aholini ogohlantirgan.
«Toshkentda kuchli shamol va yomg‘ir yog‘ishi kuzatilmoqda.
Sizdan ehtiyotkorlik choralariga rioya qilishingizni, daraxtlar va temirli qurilmalar tagiga avtomashinalaringizni qo‘ymasligingizni so‘raymiz», deyiladi unda.
Shuningdek, chaqmoq-momaqaldiroq, kuchli jala hodisalari poytaxtning katta qismida elektr uzilishlarini yuzaga keltirdi.
Yakkasaroy, Yangihayot, Mirobod, Bektemir, Sergeli tumanlar ba’zi massivlarida elektr tarmoqlarida nosozliklar yuzaga kelgan. Nosozliklar brigadalar tomonidan bartaraf etilmoqda.
1055 dispecherlik xizmati ishonch raqamlariga Shayxontohur va Olmazor tumanlari katta qismida istiqomad qiluvchi aholi tomonidan tarmoqda elektr energiyasi uzilib qolgani yuzasidan tinimsiz murojaatlar kelib tushmoqda, deyiladi UzbMeteo ma’lumotida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter