Moskvadan Toshkentga uchayotgan samolyot yo‘lovchisi vafot etdi
«O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasining Moskva-Toshkent reysini amalga oshirayotgan HY-604 reysi Urganch aeroportida favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi.
Bortida 236 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot ekipaji yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli muqobil aerodromga uchishga qaror qildi, deyiladi rasmiy xabarda.
Toshkent vaqti bilan 16:59 da samolyot Urganch aeroportiga qo‘ndi. Samolyot bortida 1978 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi vafot etgan.
Soat 18:48da samolyot Urganchdan Toshkentga uchdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter