Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kosonsoyda selda halok bo‘lgan 7 yashar bolaning jasadi topildi

Kosonsoyda selda halok bo‘lgan 7 yashar bolaning jasadi topildi

13-iyul kuni Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod viloyati hududida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel oqimlari hosil bo‘lgan.

Ushbu sel oqimlari sabab vujudga kelgan hodisa sabab Namangan viloyati Kosonsoy tumanida 8 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 6 nafar fuqaro qutqarib qolingan. 1 nafar bedarak yo‘qolgan fuqaro qidirilayotgan edi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida  17-iyul kuni  2014-yilda tug‘ilgan, 7 yoshli bolaning jasadi Kosonsoy soyi hududidan topilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring