Jurnalist va shoir Yoqubjon Xo‘jamberdiyev vafot etdi
Iste’dodli jurnalist, tarjimon, taniqli shoir Yoqubjon Xo‘jamberdiyev vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston jurnalistlari uyushmasi xabar berdi.
Yoqubjon Xo‘jamberdiyev mustaqillik arafasida kechgan qayta qurish yillarida o‘zbek matbuotida tanilgan iste’dodli jurnalistlardan biridir.
1990 yilda chop qilingan «O‘zbeklar ishi» asariga sovet davridagi o‘zbek xalqi kechirgan hayotni tasvirlagan esse va maqolalar kirgan.
Yoqubjon Xo‘jamberdiyev 1990 yilda Qirg‘izistonning janubida ro‘y bergan etnik to‘qnashuvlar sabablari va oqibatlari haqida yozgan maqolalari bilan tanilgan. U, shuningdek, Nabijon Boqiy bilan birgalikda 1998-yilda taniqli yozuvchi Chingiz Aytmatov va Muxtor Shoxonov qalamiga mansub «Cho‘qqida qolgan ovchining ohi-zori» asarini o‘zbek tiliga o‘girgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter