Farg‘onaga uchgan samolyot Namanganga qo‘ndirildi
«Uzbekistan Airways»ning ayrim reyslari noqulay ob-havo sabab o‘zgardi.
Farg‘ona aeroportidagi noqulay ob-havo (kuchli shamol) sabab Istanbul – Farg‘ona yo‘nalishida harakatlangan HY-278 aviaqatnovi Namangan aeroportiga kelib qo‘ngan. Bu haqda «Uzbekistan Airways» AJ Axborot xizmati ma’lum qildi.
Ob-havo sharoiti yaxshilanganidan so‘ng ushbu reys Farg‘ona aeroportiga parvozni amalga oshirishi ma’lum qilingan.
Shuningdek, Farg‘ona – Toshkent yo‘nalishidagi HY-82 aviaqatnovi vaqti ham o‘zgargan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter