Chilonzor metrosi oldiga shubhali jomadon tashlab ketildi

Kecha, 2-yanvar kuni Toshkent shahrining Chilonzor metro bekati oldidagi ko‘prik ostiga shubhali jomadon tashlab ketilgan.
Toshkent shahar IIBB hodisa yuzasidan bayonot berdi.
«Bugun soat 13:15lar atrofida erkak kishi 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qildi va «Chilonzor» metro bekatiga yaqin joyda egasiz chamadon yotganini xabar berdi. Maxsus amaliyotlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi, shuningdek, boshqa tezkor xizmatlar guruhlar xodimlari u yerga yetib borishdi. Tekshiruv chog‘ida chamadon ichida eski matras borligi aniqlandi. Xavotirga o‘rin yo‘q», — deya xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter