Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura o‘z joniga qasd qilgan mahbus bo‘yicha bayonot berdi

Bosh prokuratura o‘z joniga qasd qilgan mahbus bo‘yicha bayonot berdi

Qashqadaryodagi qamoqxonada 19 yoshli yigit o‘z joniga qasd qilganligi holati yuzasidan Qarshi maxsus prokurori xodimlarga nisbatan ish qo‘zg‘atganligi va tergov harakatlari boshlanganligi haqida xabarlar berilgandi. 

Bosh prokuratura hodisa yuzasidan bayonot berdi.

Aniqlanishicha, Qarshi shahridagi manzil-koloniyasida jazo o‘tayotgan mahkum D.J. muassasada joylashgan oziq-ovqat do‘konidan chiqib, cho‘ntagida bo‘lgan soqol olish uchun mo‘ljallangan olmos bo‘lagi (lezviye) bilan qornini va qo‘llarini 3-4 marotaba tilgan.

Holat yuzasidan tayinlangan sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, mahkumda yengil tan jarohatlari aniqlangan.

Qarshi maxsus prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, Qarshi maxsus prokurori koloniya xodimlariga nisbatan ish qo‘zg‘atganligi va tergov harakatlari boshlanganligi haqidagi ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring