AQSh O‘zbekistondagi texnikalar yuzasidan «Tolibon»ga javob qaytardi
«Tolibon» hokimiyatga kelishi fonida ayrim afg‘on uchuvchilari samolyot va vertolyotlarida qo‘shni davlatlarga qochishgandi.
Shundan so‘ng, «Tolibon» rahbariyati ushbu texnikalarni qaytarishni so‘rab qator bayonotlar bilan chiqdi.
AQSh Mudofaa vazirligiga ko‘ra, samolyot va vertolyotlar Afg‘onistonga qaytarilmaydi. Bu haqda Pentagonning matbuot kotib Jon Kirbi ma’lumot berdi.
«Tolibon» AQSh tomonidan Afg‘onistonning rasmiy hukumati sifatida tan olinmagan. Bundan tashqari rasmiy Vashington Afg‘onistonda inson huquqlari tiklanishini istashini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, «Tolibon» matbuot kotibi Suhayl Shahin aviatsiya texnikasi atrofidagi qarama-qarshiliklar haqidagi savolga javob berar ekan, ular qardosh davlatlar bilan munosabatlariga ta’sir qilmasligini ta’kidlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter