Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda erkak qaynonasi va turmush o‘rtog‘ini pichoqlab o‘ldirdi

Andijonda erkak qaynonasi va turmush o‘rtog‘ini pichoqlab o‘ldirdi

Foto: Xabar.uz

Andijon viloyatining Izboskan tumanida 22 yoshli ayol, ayolni himoya qilishga uringan onasi va 12 yoshli ukasi o‘ldirilgani bo‘yicha xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot xizmati ushbu xabarga izoh berdi. 

Aytilishicha, 12-sentyabr soat 22:00 larda Izboskan tumani, «To‘rtko‘l» MFY, «Oltin vodiy» ko‘chasida yashovchi S. U Izboskan tuman IIB navbatchilik qismining «102» qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, qo‘shnisining honadonidan janjal ovozini eshitib u yerga chiqqanligi, qo‘shnisining hovlisida xonadon egasi R.M va uning qizi Sh.R qonga belanganligi holda yotganligi haqida xabar bergan.

Olib borilgan tezkor-tergov harakatlari davomida aniqlanishicha, joriy yilning 12 sentyabr kuni fuqaro A. A oilaviy kelishmovchiliklar tufayli onasining uyida yashab kelayotgan turmush o‘rtog‘i Sh. R va 2021-yilda tug‘ilgan farzandi bilan ko‘rishish maqsadida borib, farzandini ko‘rishga qarshilik qilganligi uchun qaynonasi M.R hamda turmush o‘rtog‘i Sh.R bilan janjallashib qolgan.

So‘ngra u yerdan chiqib uzi vaqtincha ishlayotgan, uncha uzoq bo‘lmagan xududda joylashgan somsaxonaga borib, u yerdan o‘zi bilan xo‘jalik pichog‘ini olib kelib, qaynonasi va turmush o‘rtog‘i bilan janjalni davom ettirib, qaynonasi M.R, turmush o‘rtog‘i Sh.R va keyinchalik janjalga aralashgan qaynukasi X.R larga xo‘jalik pichog‘i bilan jarohat yetkazib, voqea joyidan yashiringan. A.A tomonidan pichoq bilan yetkazilgan jarohatlar sababli M.R va Sh.R xodisa joyining o‘zida vafot etgan.

Chaqiruvga buyicha yetib kelgan tez tibbiy yordam shifokorlari tomonidan voyaga yetmagan X.R tuman markaziy kasalxonasiga olib borilgan va shifokorlar tomonidan barcha tibbiy muolajalar amalga oshirilmokda.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan A.Aga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u JPKning 221-moddasi tartibida ushlandi. Jinoyat ishining tergov harakatlari viloyat prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmokda, deyiladi Bosh prokuratura xabarida. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring