Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 230 km tezlikda yurgan «erkatoy»lar ushlandi (video)

Toshkentda 230 km tezlikda yurgan «erkatoy»lar ushlandi (video)

Videodan kadrlar

Toshkent shahri ko‘chalarida 17-18 yoshli yigitlar qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanishgan, bundan tashqari YPX inspektorlarining to‘xtash ishorasiga ham pisand qilishmagan.

Biri o‘z mashinasiga «migalka»lar o‘rnatib yurgan, biri tezlikni 230 km.gacha oshirgan va bu holatlarni videoga olib tik-tokka joylashgan. Fotoradarga tushmaslik uchun esa davlat raqamlari yopib qo‘yilgan bo‘lgan. Eng dahshatlisi, ularning birortasida hali haydovchilik guvohnomasi yo‘q.

Qoidabuzarlardan birining uch kunda uyidan uch xil «inomarka» haydab chiqib atay qoidalarni buzishi bu bolalarning kimlarningdir «erkatoy»lari ekanini bildiradi.

Qayd etilishicha, bu qoidabuzarlar qat’iy ogohlantirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda to‘qqiz oy ichida qariyb 1 700 nafar fuqaro YTHda vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring