Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekologiya uchun. «Porsche» kompaniyasi dizelda yuradigan avtomobillarni ishlab chiqarishni to‘xtatdi

Ekologiya uchun. «Porsche» kompaniyasi dizelda yuradigan avtomobillarni ishlab chiqarishni to‘xtatdi

Foto: «NV.ua»

«Porsche» kompaniyasi dizelda yuruvchi «Macan S Diesel» va «Panamera 4S Diesel» modellarini ishlab chiqarishni to‘xtatdi. Kompaniya elektrokar va gibrid avtomobillar ishlab chiqarishga o‘tmoqda, deb xabar berdi «NV.ua».

Nashrning ta’kidlashicha, kompaniya 2015-yildan buyon Shimoliy Amerikada turbodizel dvigatelida harakatlanuvchi birorta ham transport sotmagan. O‘sha vaqtda kompaniya «Macan» modelini AQShda sotishdan bosh tortgan, endilikda esa mazkur krossover Yevropada ham sotilmaydi. Kompaniya uni modifikatsiya qilish o‘rniga ishlab chiqarishdan olib tashlashni ma’qul ko‘rdi.

«Porsche»ning dizelda yuruvchi birinchi seriyali krossoveri «Cayenne» 2002-yildan buyon ishlab chiqariladi. Shundan so‘ng dizelli dvigatellar boshqa markadagi modellarda ham paydo bo‘lgan. Biroq «Cayenne» yo‘ltanlamasi avlod almashsa ham «og‘ir yoqilg‘i»da harakatlanuvchi agregatga o‘tkazilmagan. Bu kabi qaror talabning o‘zgarishi va tashqariga chiqariladigan zararli gazlar normasining kuchaytirilgani sababli qabul qilingan.

«Porsche» vakillarining ta’kidlashicha, kompaniya ichki yonuv dvigatelidan voz kechmagan. Shunga qaramay «Porsche» ko‘plab modellar qatorini elektrifikatsiya qilish uchun ajratilgan mablag‘larni ikki barobar oshirgan.

«Kelajakda elektromobillar juda muhim ahamiyat kasb eta boshlaydi, jumladan «Porsche» va boshqa avtomobilsozlar uchun ham. Fikrimizcha, 2025-yilga borib «Porsche» avtomobillarining to‘rtdan bir qismi elektrokarga aylanadi», — deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring