Zimbabveda 7,5 ming kishi vaboga chalindi
Zimbabve poytaxti Xarare shahri sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Klemans Duri o‘z bayonotida mamlakatda 7,5 ming kishi vaboga chalinganini, ulardan 32 nafari halok bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.
Shu yil sentyabr oyi boshida kuzatilgan kasallikka qarshi mamlakatda jiddiy choralar ko‘rilmoqda.
Vabo tarqalmasligi uchun poytaxtda favqulodda holat e’lon qilingan.
O‘lat shaharda toza ichimlik suvi yo‘qligi sababli paydo bo‘lgani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter