Zimbabve prezidentining vertolyoti quladi
Zimbabve prezidenti Emmerson Mnangagvani olib uchishi kerak bo‘lgan vertolyot parvozidan ko‘p o‘tmay yerga quladi. Avariya paytida vertolyot bortida prezident bo‘lmagan, ekipaj a’zolari tirik qolgan. Bu haqda ZBC telekanali mamlakat axborot vaziri Jenfana Musverega asoslanib xabar berdi.
Hodisa 15-sentyabrda (shu kuni prezidentning ham tug‘ilgan kuni) mamlakat janubida, qadimgi Munumutapa imperiyasiga bag‘ishlangan bayram kuni yuz bergan.
Marosimga prezident Emmerson Mnangagva va rafiqasi Oksiliya, vitse-prezident Kembo Moxadi, mudofaa vaziri Oppa Muchinguri-Kashiri va boshqa yuqori martabali shaxslar tashrif buyurishgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyotning qulashi texnik nosozlik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Zimbabve fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi hodisa yuzasidan surishtiruv boshlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter