Zelenskiy «ruslarni o‘ldirish»ga chorlagan elchini ishdan oldi

Pyotr Vrublyovskiy.
Vladimir Zelenskiy imzolagan farmon bilan Ukrainaning Qozog‘istondagi elchisi Pyotr Vrublyovskiy ishdan olindi.
Vrublyovskiy avgust oyida qozog‘istonlik bloger Dias Kuzairovga bergan intervyusida «Biz hozir ruslarni qancha ko‘p o‘ldirsak, bolalarimiz kamroq o‘ldiradi», degandi. Keyinchalik Qozog‘iston TIV vakili Oybek Smadiyarov elchi (Vrublyovskiy) aytgan so‘zlari uchun kechirim so‘raganini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter